Xorazm viloyati IIBga boshliq tayinlandi
Oybek Kaimxodjayev avval Yashnobod tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.

Oybek Kaimxodjayev Abdukarimovich – Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Podpolkovnik Oybek Kaimxodjayev tayinlovga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumani boʻyicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Eslatib oʻtamiz, avval Xorazm viloyati IIBni boshqargan Abdumajid Shermuhamedov Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangandi.
