platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga boradi

Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi oʻtkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga boradi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8 sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Belgrad shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakatning rasmiylari va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida biznes forumi oʻtkaziladi.

Boʻlajak muloqotlar kun tartibidan Oʻzbekiston – Serbiya koʻp qirrali sherikligini yanada mustahkamlash masalalari oʻrin olgan.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish hamda transport, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari kabi ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Tartibli mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, hududlararo va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ham muhokama qilinadi.

Sammit yakunida hukumatlararo va idoralararo kelishuvlarning salmoqli toʻplami qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid