Oʻzbekistonda sabzi, piyoz, guruch va benzin qimmatlashdi
Avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,4% ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2% ga hamda aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,1% ga qimmatlashgani kuzatilgan.

Avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,2% ga oshdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
2026 yilning avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar narxlari oʻrtacha 0,2% ga oshgan.
Yillik isteʼmol narxlari indeksi (INI) 6,2% ni tashkil etib, oʻtgan yilning shu oyiga (2025 yil avgust — 8,8%) nisbatan 2,6 foiz bandga pasaydi.
Avgust oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,4% ga, nooziq-ovqat tovarlari 0,2% ga hamda aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,1% ga qimmatlashgani kuzatilgan.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan sabzi (9,2%), piyoz (6,2%), uzun boshoqli guruch (2,4%), yumaloq boshoqli guruch (2,3%), tarvuz (7,5%) narxlarining oshishi inflyatsiyaga taʼsir koʻrsatdi.
Asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan inflyatsiyani pasaytiruvchi omil sifatida uzum (-10,9%), bulgʻor qalampiri (-9,2%), olma (-7,2%), nok (-6,0%), baqlajon (-5,5%), karam (-4,9%), kartoshka (-3,3%) narxlarining pasayishi muhim hissa qoʻshdi.
Nooziq-ovqat mahsulotlar narxlaridan AI-98 va AI-100 markali benzin (6,7%), AI-95 markali benzin (4,9%), AI-92 markali benzin (1,1%) narxi oshishi kuzatildi.
Shuningdek, xizmatlar narxi va tariflarida xalqaro aviaqatnovlar (1,7%), shaharlararo avtomobil transportida yoʻlovchi tashish (0,6%), ijaraga olingan turar joylar uchun haq (0,4%) narxlarining oshishi kuzatildi.
Hisob-kitoblar uchun 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalaridan 2 milliondan ortiq narxlar qayd etilgan. 419 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari va 98 turdagi xizmatlar narxlari kuzatildi.
