Hisob palatasi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi
Ulugʻbek Aripov Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati shoʻʼba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Hisob palatasi rahbariyatida tayinlovlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan:
Ulugʻbek Mirkamalovich Aripov Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati shoʻʼba mudiri lavozimidan ozod etildi;
Jamshid Jaxongirovich Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi;
Atabek Valijanovich Allaberganov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi;
Sardor Alishetarovich Mirzayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati shoʻʼba mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
