platina.uz
Jamiyat

Endi fuqaro oʻz murojaatini oʻzi nazorat qiladi

​Prezident Xalq qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda qayta aloqa – SMS-xabarnoma yuborish xizmatini ishga tushirdi. Endi murojaatning har bir bosqichi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabineti va SMS orqali maʼlumot berib boriladi. 

Endi fuqaro oʻz murojaatini oʻzi nazorat qiladi

Endi fuqaro oʻz murojaatini oʻzi nazorat qiladi.

​Fuqarolar uchun oʻz murojaatlarini kuzatish yanada osonlashdi va birinchi marta nazorat qilish imkoniyati yaratildi. Davlatimiz rahbarining topshirigʻiga asosan ishga tushirilgan bu yangilik murojaatlar bilan ishlash sifatini oshirishga xizmat qiladi.

​Prezident Xalq qabulxonasi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda qayta aloqa – SMS-xabarnoma yuborish xizmatini ishga tushirdi. Endi murojaatning har bir bosqichi haqida fuqaroga pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabineti va SMS orqali maʼlumot berib boriladi.

​SMS-xabarnomada murojaat haqida maxsus havola mavjud. Fuqarolar havola orqali kirib, berilgan javoblar yuzasidan "Roziman" deb munosabat bildirishi yoki "Eʼtirozim bor" deb murojaatni qayta ijroga qaytarishi mumkin. Bu bilan oʻz murojaatini oʻzi nazorat qila oladi.

​Murojaatlarni kuzatib borishning soddalashtirilgan 5 bosqichli tartibi

1.​Fuqaro SMSda keltirilgan havola orqali pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiradi.

2.​U yerda fuqaro oʻz murojaatining barcha bosqichlarini real vaqt rejimida kuzatib turishi mumkin.

​3.Murojaati oʻrganilib, javob berilsa, oʻsha zahoti fuqaroning pm.gov.uz saytida roʻyxatdan oʻtgan telefon raqamiga maxsus havolasi bor SMS-xabarnoma yuboriladi.

4.​Fuqaro SMSni ochib, havola orqali pm.gov.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga kiradi, murojaatiga yuborilgan javob bilan tanishadi va oʻzi fikrini bildirish imkoniyatiga ega boʻladi.

​5. Agar fuqaro oʻziga yuborilgan javobdan qoniqish hosil qilsa (yoki muammosi hal etilgan boʻlsa), "Roziman" degan tugmani bosadi. Agar javobdan qoniqmasa yoki masalasi ijobiy yechim topmagan boʻlsa, "Eʼtirozim bor" degan tugmani bosadi. Bunda murojaat ijroga qaytariladi va qayta koʻrib chiqiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid