Andijon shahridagi gaz toʻldirish shoxobchasida portlash yuz berdi
Portlash oqibatida yongʻin kelib chiqmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻqligi aytildi.

Andijon shahridagi gaz toʻldirish shoxobchasida portlash yuz berdi.
Bugun, 5 sentabr kuni Andijon shahar "Andijon" MFY hududida joylashgan Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida "Spark" rusumli transport vositasiga gaz toʻldirish vaqtida portlash hodisasi sodir boʻlgan.
Hodisa oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida barcha kuch va vositalar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
Portlash oqibatida yongʻin kelib chiqmagan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻqligi maʼlum qilindi.
