Alisher Samadov Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi
Samadov shu vaqtga qadar Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi sifatida ishlab kelayotgandi.

Prezident farmoni bilan Alisher Baxadirovich Samadov Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi lavozimidan ozod etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Timur Nurigitovich Butunbayev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv islohotlari boʻyicha oʻrinbosari – Huquqiy ekspertiza departamenti boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
Shu munosabat bilan u Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining suv taʼminoti tizimini isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.
