platina.uz
Madaniyat

Toshkentda zamonaviy sanʼat markazi oʻz faoliyatini boshlaydi

Bir asrdan ortiq tarixga ega, uzoq yillar qarovsiz qolgan inshoot Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta tiklandi. Binoning tarixiy qiyofasi saqlab qolinib, unga yangi vazifa va zamonaviy mazmun berildi. 

Toshkentda zamonaviy sanʼat markazi oʻz faoliyatini boshlaydi

Toshkentdagi 1912 yilda qurilgan sobiq dizel elektr stansiyasi binosi CCA Tashkent — Zamonaviy sanʼat markaziga aylantirildi.

Bir asrdan ortiq tarixga ega, uzoq yillar qarovsiz qolgan inshoot Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qayta tiklandi. Eng muhimi, binoning tarixiy qiyofasi saqlab qolinib, unga yangi vazifa va zamonaviy mazmun berildi.

Fransiyaning Studio KO arxitektura byurosi ishlab chiqqan loyihada inshootning oʻziga xos industrial meʼmorchiligi asrab qolingan. Yaʼni eski bino buzib tashlanib, oʻrniga yangisi qurilmadi — tarixiy meros zamonaviy madaniy makonga aylantirildi.

Markaziy Osiyoda muqobili boʻlmagan Toshkent Zamonaviy sanʼat markazi Oʻzbekistondagi birinchi davlat zamonaviy sanʼat markazi hisoblanadi.

Markazda koʻrgazma zallari, kutubxona, taʼlim va tadqiqot maydonlari, konsept-stor hamda restoran joylashgan. Bu yerda koʻrgazmalar, maʼruzalar, muhokamalar, konsertlar va performanslar oʻtkazilib, mahalliy rassomlar va yosh tadqiqotchilar uchun xalqaro hamkorlik imkoniyatlari yaratiladi.

Markazning ilk xalqaro koʻrgazmasi — “Hikmah”. Unda 11 nafar rassomning bilim, xotira, madaniy meros va zamonaviy sanʼat oʻrtasidagi bogʻliqlikni talqin qiluvchi asarlari namoyish etiladi.

Bir paytlar Toshkentni elektr energiyasi bilan taʼminlagan tarixiy inshoot endi poytaxt madaniy hayotiga xizmat qiladi. Bir asrlik bino saqlab qolindi, ammo uning tarixi shu yerda toʻxtamadi — unga yangi hayot berildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid