Oʻzbekistonda bir oyda salkam 72 mlrd soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan
Isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish boʻyicha 340 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.

Avgust oyida 71,9 milliard soʻmlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.
Oʻzenergoinspeksiya tomonidan joriy yilning avgust oyida oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 321 ta holat aniqlandi.
Unga koʻra, 19,0 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (40,7 mlrd soʻm) va 10,0 mln metr kub tabiiy gaz (31,2 mlrd soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra jami 71,9 milliard soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi.
Shuningdek, isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarlik boʻyicha 340 ta maʼmuriy ish rasmiylashtirildi.
