Abdumajid Shermuhamedov Andijon viloyati IIB boshligʻi etib tayinlandi
Shermuhamedov ilgari Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.

Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan polkovnik Shermuhamedov Abdumajid Mavlyanovich Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
U ilgari Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat qilgan.
Andijon viloyatida xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Davlat rahbarining hududlarda jinoyatchilikni jilovlash bilan bogʻliq topshiriqlarning ijrosi muhokama qilindi.
Hududdagi kriminogen holat tahlili asosida vaziyatni yanada yaxshilash maqsadida yangi tayinlangan rahbar zimmasiga jinoyatchilikni jilovlash, mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, fuqarolar roziligini taʼminlash, shuningdek, mavjud muammolarni aniqlab, ularni tizimli hal etishga qaratilgan aniq vazifalar yuklatildi. Shu bilan birga, shahar va tuman IIB rahbarlariga ushbu yoʻnalishlardagi profilaktik va amaliy ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.
