platina.uz
Jamiyat

Xalqaro tan olingan vizalarga ega xorijliklarning Oʻzbekistonga kirishi soddalashtiriladi

Ular orasida Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchilari boʻlgan davlatlar fuqarolari va boshqalar bor. 

Xalqaro tan olingan vizalarga ega xorijliklarning Oʻzbekistonga kirishi soddalashtiriladi

Xalqaro tan olingan vizalarga ega xorijliklarning Oʻzbekistonga kirishi soddalashtiriladi.

“Xalqaro tan olingan vizalarga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–180-son, 29.08.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2026 yil 1 sentabrdan Avstraliya, AQSh, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchilari boʻlgan davlatlar, Yangi Zelandiya va Yaponiyaning amaldagi koʻp martalik biznes va turizm toifasidagi kirish vizasiga ega boʻlgan hamda oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uchun:

- ushbu xorijiy vizalardan birining amal qilish muddati mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kungacha boʻlgan muddatga vizasiz rejim amaliyoti joriy etiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid