Toshkentdagi Glinka koʻchasida yer oʻpirilishi yuz berdi
"Veolia Energy Tashkent" xodimlari hodisaning barcha tafsilotlari va oʻpirilish sabablarini oʻrganayotgani maʼlum qilindi. Ayni paytda voqea joyida hech qanday sizib chiqish holati aniqlanmagan.

Toshkentdagi Glinka koʻchasida yer oʻpirilishi yuz berdi.
Ushbu hodisa boʻyicha "Veolia Energy Tashkent" MChJ XK rasmiy axborot berdi.
Aytilishicha, hodisa joyiga "Veolia Energy Tashkent" MChJ XK avariya-tiklash brigadasi va mutaxassislari zudlik bilan yetib borgan. Hozirda xodimlar sodir boʻlgan hodisaning barcha tafsilotlari va oʻpirilish sabablarini oʻrganishmoqda. Ayni paytda hech qanday sizib chiqish holati aniqlanmagan.
Hodisa sabablari va koʻrilayotgan choralar haqidagi qoʻshimcha batafsil maʼlumot tezkor tekshiruv natijalariga koʻra taqdim etilishi maʼlum qilindi.
