Toshkentda ushlangan shubhali shaxs yonidan giyohvand modda topildi
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan modda va fuqaro belgilangan tartibda IIO xodimlariga topshirilgan.

Shubhali fuqaro toʻxtatilib, tegishli tartibda koʻzdan kechirilganda yonidan giyohvand modda topildi.
Joriy yilning 2 sentabr kuni Yunusobod tumanida xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda IIB Patrul-post xizmati xodimlari hamkorligida shubhali xatti-harakatlari bilan eʼtiborni tortgan fuqaro toʻxtatildi.
Fuqaro belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, uning yonidan polietilen paketga oʻralgan modda aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan modda va fuqaro belgilangan tartibda IIO xodimlariga topshirildi.
