platina.uz
Jamiyat

Toʻrtta tilda soʻzlashuvchi, diplomat: Migratsiya agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Muhsinxoʻja Abdurahmonov AQSh va Yaponiya universitetlarida oʻqigan, shu vaqtgacha Tokioda elchi boʻlib ishlab kelayotgandi. 

Toʻrtta tilda soʻzlashuvchi, diplomat: Migratsiya agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Muhsinxoʻja Tursunxoʻjayevich Abdurahmonov Migratsiya agentligiga rahbarlik qiladi.

Muhsinxoʻja Abdurahmonov 1974 yil 14 fevralda Fargʻona viloyatida tugʻilgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda AQShdagi Kaliforniya universitetida tahsil olgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi aspiranti boʻlgan. Yaponiyaning Otaru kommersiya universitetida magistraturani, Xokkaydo universitetida doktoranturani tamomlagan.

Abdurahmonovning mehnat faoliyati xususiy sektor, investitsiya, tashqi savdo va diplomatiya sohalarini qamrab olgan. U Coca-Cola kompaniyasida menejer, Yaponiyadagi MTRUSTCo. Ltd kompaniyasi bosh direktori, Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi, Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2021 yildan Oʻzbekistonning Yaponiyadagi favqulodda va muxtor elchisi sifatida faoliyat yuritib, ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy, taʼlimiy va gumanitar aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qoʻshib kelayotgan edi.

Muhsinxoʻja Abdurahmonov yapon, ingliz, rus, tojik va arab tillarini mukammal biladi.

Endi u xorijda mehnat qilayotgan va ishlash uchun chet elga chiqishni rejalashtirayotgan yuz minglab vatandoshlar bilan bogʻliq muhim yoʻnalishga rahbarlik qiladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid