platina.uz
Madaniyat

Saida Mirziyoyeva Qatardagi koʻrgazma ochilishida ishtirok etdi

​Ushbu ekspozitsiyada yurtimiz muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan oʻrin olgan noyob eksponatlar jamlangan. 

Saida Mirziyoyeva Qatardagi koʻrgazma ochilishida ishtirok etdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Shayxa Al-Mayassa bint Hamad bin Xalifa Ol Soniy bilan birgalikda Qatar Islom sanʼati muzeyida tashkil etilgan “Oʻzbekiston: harakatdagi meros” koʻrgazmasining ochilishida ishtirok etdi.

​Ushbu ekspozitsiyada yurtimiz muzeylari hamda Qatar kolleksiyalaridan oʻrin olgan noyob eksponatlar jamlangan.

Xususan, Islom dini tarqalishidan avvalgi asrlar va Somoniylar, Temuriylar davrlaridan to bugungi kungacha boʻlgan tarixiy bosqichlarni qamrab olgan nodir osori-atiqalar, anʼanaviy hunarmandchilik va toʻqimachilik sanʼati namunalari shular jumlasidan.

​Bu — Qatar xalqi va uning mehmonlarini boy tariximiz hamda merosimiz bilan yaqindan tanishtirish uchun qulay imkoniyat, shuningdek, Oʻzbekiston-Qatar madaniy aloqalarini yanada rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadamdir.

Shu kuni qatarlik yetti nafar hunarmandning Toshkent, Samarqand va Buxoro boʻylab ijodiy safari yakunlariga bagʻishlangan “Ektashif Oʻzbekiston” koʻrgazmasi ham oʻz ishini boshladi.

Unda yurtimizning boy madaniyati, anʼanalaridan ilhomlangan ustalar tomonidan yaratilgan nozik zargarlik buyumlari, xattotlik sanʼati namunalari, nafis gilamlar hamda safar taassurotlarini aks ettiruvchi fotosuratlar jamlanmasi namoyish etilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid