platina.uz
Jamiyat

Prezident raisligida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yigʻilish boshlandi

​Ishni toʻgʻri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylanayotgani koʻrsatib oʻtildi. Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5,5 ming mahalladagi masʼullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi. 

Prezident raisligida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha yigʻilish boshlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish boʻyicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.

​Yil boshida respublikada kambagʻallik darajasi 5,8 foizga tushib, ehtiyojmand aholi soni 2 million 200 ming nafar edi. Hozir bu koʻrsatkich 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.

​Ishni toʻgʻri tashkil qilgan 49 ta tuman va 3 ming 429 ta mahalla ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududga aylanayotgani koʻrsatib oʻtildi.

​Ayni paytda qolgan 159 ta tuman va shahar hamda 5 ming 536 ta mahalladagi masʼullar faoliyatida natija yetarli emasligi tanqid qilindi.

​Davlatimiz rahbari barcha hududlarga bir xil vakolat, resurs va imkoniyat berilganini taʼkidlab, ulardan samarali foydalanish zarurligini qayd etdi.

Yigʻilishda joylarda natija boʻlmayotganining asosiy sabablari tahlil qilindi.

​“Mahalla yettiligi” uchun masʼul rahbarlar viloyat, tuman, shahar va mahalladagi xodimlarga qabul qilingan qarorlarni qanday ijro etish boʻyicha aniq koʻrsatmalar bermayotgani qayd etildi.

​Ayrim rahbarlar yaratilgan sharoitlardan toʻgʻri foydalanish va “yettilik” faoliyatiga xolis baho berishni bilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.

​Tuman va mahallada kambagʻallik hamda ishsizlikka masʼul xodimlarda hijolatlik/hadik borligi, hech kim masʼuliyatni oʻz zimmasiga olishni istamayotgani tanqid qilindi.

​Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha 50 yillik tajribaga ega Xitoy ham zamon talabidan kelib chiqib, quyi tizimga doimiy ravishda aniq koʻrsatmalar berib borishi taʼkidlandi.

​– Oʻtgan uch yilda mahallalardagi tadbirkorlik loyihalariga 314 trillion soʻm resurs ajratildi. Lekin kreditlarning kambagʻallikni qisqartirishga taʼsiri barcha tumanda birdek sezilmayapti, – dedi davlatimiz rahbari.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid