platina.uz
Siyosat

Prezident AQSh Kongressi senatorini qabul qildi

Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Prezident AQSh Kongressi senatorini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 sentabr kuni AQSh Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo boʻyicha kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida AQSh senatori davlatimiz rahbari va xalqimizni mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy tabriklab, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.

Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Soʻnggi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni har qachongidan ham yuqori darajaga koʻtarishga erishilgani, muloqotlar va delegatsiyalar almashinuvi jadal surʼat kasb etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. Energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xoʻjaligi, raqamli texnologiyalar va sanoat yoʻnalishlarida yirik loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.

Hududlar oʻrtasida, xususan, senator vakili boʻlgan Montana shtati bilan aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida urgʻu berildi.

“S5+1” formatidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid