Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga toʻlguniga qadar nafaqa toʻlanadi
Nafaqa puli Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan ajratiladi. Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket tizimi davom ettiriladi.

Ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga toʻlguniga qadar Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan nafaqa toʻlanadi.
Mehnatga layoqatsiz ehtiyojmand oilalarga “passiv daromad” keltiradigan ijtimoiy paket uchun joriy yil 300 milliard soʻm ajratilgan.
Bunday yordam olgan 11 ming oilaning yarmida daromad sezilarli oshgani qayd etildi.
Bir haftada ushbu tizimni davom ettirish boʻyicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.
– Kelasi yildan reyestrga kirgan oila farzandlarining davlat va xususiy bogʻcha badali, oʻquv markazi toʻlovi, yoʻlkirasi hamda oliygohdagi yotoqxona xarajati vaucher orqali qoplab beriladi, – dedi davlatimiz rahbari.
Vaucher 12 oy muddatga beriladi va ehtiyojmand oila Ijtimoiy reyestrdan chiqarilganidan keyin ham amal qiladi.
