Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi
Uning oʻrnini Muhsinxoʻja Abdurahmonov egalladi.

Behzod Musayev Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari bilan:
Muhsinxoʻja Tursunxoʻjayevich Abdurahmonov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Behzod Anvarovich Musayev boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etildi.
