platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda ichimlik suvining yangi tariflari tasdiqlandi

Yangi narxlar 5 sentabrdan kuchga kiradi. Barcha koʻrsatilgan narxlarga qoʻshimcha ravishda 12% QQS hisoblanadi. 

Surxondaryoda ichimlik suvining yangi tariflari tasdiqlandi

Surxondaryoda ichimlik va oqava suv xizmatlarining yangi tariflari tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining 2026 yil 18 avgustdagi qarori bilan viloyatda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlandi.

​Hujjatga muvofiq, yangi narxlar 2026 yil 5 sentabrdan kuchga kiradi.

Barcha koʻrsatilgan narxlarga qoʻshimcha ravishda 12% QQS (qoʻshilgan qiymat soligʻi) hisoblanadi.

​Yangi tasdiqlangan tariflar quyidagicha belgilandi:

​Markazlashgan ichimlik va oqova suv xizmatlari (1 m³ uchun):

Aholi uchun: ichimlik suvi — 6 800 soʻm, oqova suv — 3 250 soʻm;

​Byudjet tashkilotlari uchun: ichimlik suvi — 15 000 soʻm, oqova suv — 7 000 soʻm;

​Ulgurji isteʼmolchilar uchun: ichimlik suvi — 18 000 soʻm, oqova suv — 10 000 soʻm.

​Transportda tashib yetkazib beriladigan ichimlik suvi (1 m³ uchun):

​Dizel yoqilgʻisida tashilganda: aholi uchun — 86 900 soʻm, byudjet va ulgurji isteʼmolchilar uchun — 97 300 soʻm;

​Siqilgan gaz yoqilgʻisida tashilganda: aholi uchun — 73 700 soʻm, byudjet va ulgurji isteʼmolchilar uchun — 82 500 soʻm.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid