platina.uz
Jahon

AQShda trak haydovchilarini tayyorlovchi yuzlab maktablar yopildi

28 ming haydovchi ingliz tilini yetarli darajada bilmagani uchun yuk mashinasini haydash litsenziyasidan mahrum qilingan. Federal agentlar yuzlab trak bizneslari ustidan tekshiruv boshlagan.

AQShda trak haydovchilarini tayyorlovchi yuzlab maktablar yopildi

AQSh yuk tashish bizneslari va yuk mashinasi haydovchilariga qarshi urush eʼlon qildi.

Kecha tarqatilgan xabarga koʻra, Immigratsiya xizmati, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Transport vazirligi birgalikda haydovchilar, haydovchilarni tayyorlovchi maktablar, test markazlari, yuk tashuvchi truck kompaniyalari va ularga litsenziya beruvchi shtat organlari ustidan federal darajada keng koʻlamli tekshiruvlar boshlagan.

Dastlab 31 avgust kuni AQSh maʼmuriyati 110 ta haydovchilik maktabini darhol yopishini eʼlon qildi. The Times of India nashrining xabar berishicha, ular ingliz tilini yomon bilish bilan bogʻliq 5000 ta qoidabuzarlik uchun javobgar boʻlgan.

Transport departamenti kotibi Shon Daffi AQShda haydovchilar ingliz tilini bilishlari shartligini va bu talabni na u, na prezident Donald Tramp ixtiro qilmaganligini aytdi.

Allaqachon 28 ming haydovchi ingliz tilini yetarli darajada bilmagani uchun yuk mashinasini haydash litsenziyasidan mahrum qilingan. 300 ga yaqin haydovchilikka tayyorlash maktablari yopilgan.

Federal agentlar yuzlab trak bizneslari ustidan tekshiruv boshlagan. Ular CDL guvohnomalarini noqonuniy qoʻlga kiritish, ishlash huquqiga va tegishli immigratsion maqomga ega boʻlmagan xorijliklarni ishga yollash kabi qonunbuzarliklarda ayblalanmoqda.

Yoʻllarda yuk mashinalarini toʻxtatish va haydovchilarni tekshirish holatlari soni keskin oshgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid