15 sentabrdan oʻzbekistonliklar uchun Tailandga kirish tartibi oʻzgaradi
Endilikda Oʻzbekiston fuqarolari Tailandga sayyoh sifatida kirish uchun vizani oldindan rasmiylashtirishi kerak boʻladi.

Tailandga parvoz qilayotgan yoʻlovchilar uchun muhim xabar eʼlon qilindi.
2026 yil 15 sentabrdan Oʻzbekiston fuqarolari uchun Tailand Qirolligiga kirish qoidalari oʻzgaradi.
2026 yil 14 sentabr (shu kun ham kiradi) sanasigacha 60 kunlik vizasiz rejim amal qiladi.
2026 yil 15 sentabrdan mamlakatga vizasiz kirish qoidasi, shuningdek, yetib kelgach viza olish (Visa on Arrival) imkoniyati bekor qilinadi.
Endilikda Oʻzbekiston fuqarolari Tailandga sayyoh sifatida kirish uchun vizani oldindan rasmiylashtirishi kerak boʻladi.
HY531 aviaqatnovi yoʻlovchilari diqqatiga: Toshkentdan uchish 14 sentabr kuni amalga oshiriladi, ammo Bangkokka yetib borish 15 sentabrga rejalashtirilgan – shu bois ushbu aviaqatnov yoʻlovchilari yangi viza talablariga duch keladi.
Vizaga arizani parvozdan oldin, jumladan, thaievisa.go.th rasmiy tizimi orqali topshirish mumkin. Saytda yigʻimlarni onlayn toʻlash koʻzda tutilmagan. Toʻlov Tailand Qirolligining eng yaqin konsulligida AQSh dollarida (USD) amalga oshiriladi.
