Yerlan Karin Qozogʻiston vitse-prezidenti boʻldi
Tegishli farmonni Qurultoy nomzodni qoʻllab-quvvatlaganidan soʻng prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev imzoladi.

Yerlan Karin Qozogʻiston vitse-prezidenti etib tayinlandi.
Qozogʻiston Qurultoyi uning nomzodini qoʻllab-quvvatladi. 145 deputatdan 141 tasi nomzod uchun ovoz berdi.
Tegishli farmonni Qurultoy nomzodni qoʻllab-quvvatlaganidan soʻng Qosim-Joʻmart Toʻqayev imzoladi. Karin bunga qadar davlat maslahatchisi va Prezident Administratsiyasi rahbarining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Vitse-prezidentlik instituti mamlakatda 2026 yilda yangi Konstitutsiya qabul qilinganidan keyin joriy etilgan.
Bu yangi lavozim davlat organlarida prezident nomidan vakillik qilishni, shuningdek, davlat rahbari oʻz vakolatlarini muddatidan oldin tugatgan yoki vafot etgan taqdirda uning vazifalarini bajarishni nazarda tutadi.
Shuningdek, Oljas Bektenov Qozogʻiston bosh vaziri lavozimiga qayta tasdiqlandi.
