Prezident Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilishida ishtirok etdi
Oʻyinlarda Oʻzbekistondan 141 nafar vakil ishtirok etadi. Ular 30 ta sport turi, xususan, kurash, sambo, armrestling, kamondan oʻq otish, ot sporti boʻyicha bellashadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahriga tashrifi doirasida VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining tantanali ochilish marosimida ishtirok etdi.

“Bishkek-Arena” stadionida boʻlib oʻtgan tadbirda ShHT davlatlari rahbarlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdi.

Musobaqalarda 90 dan ortiq mamlakatdan 3 mingdan ziyod sportchi, jumladan, Oʻzbekistondan 141 nafar vakil ishtirok etmoqda. Yurtdoshlarimiz 30 ta sport turi, xususan, kurash, sambo, armrestling, kamondan oʻq otish, ot sporti boʻyicha bellashadilar.

Ishtirokchilarga koʻchmanchi xalqlarning boy madaniyati va tarixi, anʼana hamda urf-odatlariga bagʻishlangan teatrlashtirilgan sahna koʻrinishi namoyish etildi.

