Oksford talabalari Oʻzbekistonda oʻzbek tili va madaniyatini oʻrganadi
Ushbu talabalar ishtirokida bir oylik yozgi maktabga start berildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oʻtgan yili Oksford universitetiga tashrifi chogʻida Oʻzbekshunoslik dasturining ochilishida ishtirok etgan edi.
Endi dasturning navbatdagi bosqichi Oʻzbekistonda davom etadi. Bugun Oksforddan kelgan talabalar ishtirokida bir oylik yozgi maktabga start berildi.

.jpg)

Talabalar oʻzbek tilini oʻrganish bilan birga, Toshkent, Samarqand va Buxoroga safar qilib, Oʻzbekiston tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishadi.
“Talaba yoshlarga oʻqishlarida muvaffaqiyatlar, tilimizning boyligi va maʼno jozibasini kashf etishlarida yangi taassurotlar tilayman”, — dedi Saida Mirziyoyeva.
Eng muhimi, bu tashabbus orqali Oʻzbekistonni dunyoga bevosita tanitishning yana bir akademik koʻprigi shakllanmoqda.



