Islandiya Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish rejasidan voz kechdi
Mamlakat aholisining koʻpchilik qismi ittifoqqa qoʻshilish boʻyicha muzokalarni qayta boshlashga qarshi ovoz berdi.

Islandiya Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish rejasidan voz kechdi.
Islandiyada Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish boʻyicha muzokaralarni qayta boshlash boʻyicha referendum boʻlib oʻtdi. Aholining aksariyati jarayonga qaytishga qarshi ovoz berdi: 52,8% qarshi, 47,2% qoʻllab-quvvatladi.
Referendum Bosh vazir Kristrun Frostadottirning markaz-chap qanot hukumati tomonidan oʻtkazildi. Rasmiylar dastlab ovoz berishni 2027 yilgacha oʻtkazishni rejalashtirishgan, ammo oʻzgaruvchan geosiyosiy vaziyat va Trampning tahdidli bayonotlari tufayli uni oldinga surishga qaror qilishgan.
Natijalar eʼlon qilingandan soʻng, Frostadottir Islandiyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi hozirgi hukumat davrida amalga oshirilmasligini aytdi.
Islandiya 2009 yilda Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish uchun ariza bergan. Muzokaralar 2010 yilda boshlangan, ammo 2013 yilda toʻxtatilgan.
Aʼzolikka qarshi boʻlganlar mamlakat oʻzining avtonomiyasi va baliqchilik va tabiiy resurslar ustidan nazoratining bir qismini yoʻqotishidan qoʻrqishgan.
Boshqa tomondan, tarafdorlar Yevropa Ittifoqiga aʼzolikni geosiyosiy keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda xavfsizlikning qoʻshimcha kafolati sifatida koʻrishdi.
