platina.uz
Siyosat

Hindiston bosh vaziri tantanali kutib olindi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi. 

Hindiston bosh vaziri tantanali kutib olindi

Koʻksaroy qarorgohida davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻlib turgan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modini tantanali kutib olish marosimi boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston va Hindiston davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushish marosimidan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid