Vashington va Oregon shtatida 1 sentabr Oʻzbekiston mustaqilligi kuni deb eʼlon qilindi
Imzolangan deklaratsiyada mustaqillik kunining ahamiyati, AQShning esa Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olgani koʻrsatib oʻtilgan.

Vashington va Oregon shtatida 1 sentabr Oʻzbekiston mustaqilligi kuni deb eʼlon qilindi.
Poytaxt Vashington meri Miriyel Bauzer ham farmoyishga qoʻl qoʻyib, shaharda 1 sentabrni mustaqillik kuni deya eʼlon qildi.

Imzolangan deklaratsiyada mustaqillik kunining ahamiyati, AQShning esa Oʻzbekiston mustaqilligini birinchilardan boʻlib tan olgani koʻrsatib oʻtilgan.
“Bu yili Respublika oʻz mustaqilligining 35 yilligini nishonlaydi. Ushbu sana har yili 1 sentabrda bayram qilinib, oʻzbek xalqining boy madaniy merosi, erishgan yutuqlari hamda xalqaro hamjamiyatdagi nufuzini eʼtirof etadi”, deyiladi mer imzolagan hujjatda.
Oregon shtati ham 1-sentabrni “Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni” deb eʼlon qildi
Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni butun shtat miqyosida “Oʻzbekiston Mustaqilligi kuni” (Uzbekistan Independence Day) deb rasman eʼlon qildi.
Gubernator tomonidan imzolangan va Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan tasdiqlangan proklamatsiyada Oregonning barcha aholisi ushbu muhim sanani birgalikda nishonlashga chaqirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avval Sietlda 1 sentabr Oʻzbekiston mustaqilligi kuni deb eʼlon qilingandi.
