Narendra Modi davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonga keldi
"Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida Hindiston Bosh vazirini davlatimiz rahbari kutib oldi. Yetakchilar "Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga tashrif buyurdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.
"Toshkent-Humo" xalqaro aeroportida Hindiston Bosh vazirini davlatimiz rahbari kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 30 avgust kuni boʻlib oʻtadi.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida "Yangi Oʻzbekiston" bogʻiga tashrif buyurdi.
Anʼanaga koʻra, oliy martabali mehmon Mustaqillik monumenti poyiga gul qoʻydi.

Majmua bilan qisqacha tanishuv davomida ushbu meʼmoriy ansamblning mazmuni va oʻziga xos xususiyatlari haqida maʼlumot berildi.
