platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi

Marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi. 

Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida boʻlib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi.

Ushbu mahobatli majmuada xalqimizning koʻp asrlik tarixi, buyuk allomalarimiz va jahongir ajdodlarimizning siymolari, yurtimiz taraqqiyotidagi muhim voqealar oʻz ifodasini topgan.

Monument choʻqqisidagi Humo qushi ozodlik va ezgulik gʻoyalarini, xalqimizning olijanob orzu-intilishlarini ifoda etadi.

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid