Prezident Mustaqillik bayramining 35 yilligida nutq soʻzlamoqda
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulugʻ bayramimiz Yangi Toshkentda oʻtkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini taʼkidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda nutq soʻzlamoqda.
Davlatimiz rahbari xalqimizni ayyom bilan samimiy tabrikladi. Eng ulugʻ bayramimiz Yangi Toshkentda oʻtkazilayotgani tantana shukuhini yanada oshirayotganini taʼkidladi.
Kelgusida ilm-fan, taʼlim va madaniyat markazi boʻladigan ushbu hududda kuni kecha Yangi Oʻzbekiston universiteti, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy pedagogika universiteti hamda Oʻzbekiston milliy kutubxonasining muhtasham binolari ishga tushirildi.
Tantana ishtirokchilari huzurida ochiladigan favvora dunyodagi eng baland musiqali favvora sifatida "Ginnessning rekordlar kitobi"dan joy olgani bayram kayfiyatiga yanada baland ruh bagʻishlashi qayd etildi.
– Bir necha yuz yillik orzular roʻyobga chiqayotgan ushbu betakror makonda butun xalqimiz bilan hali yana koʻplab quvonchli va tarixiy voqealarga guvoh boʻlamiz.
Aminmanki, Yangi Toshkent poytaxtimizning koʻrkiga koʻrk qoʻshib, biz barpo etayotgan Yangi Oʻzbekistonning kuch-qudratini namoyon etadigan chinakam taraqqiyot markaziga aylanadi, – dedi Prezidentimiz.
