Norvegiya qiroli Harald V vafot etdi
Harald V vafotidan keyin Norvegiya taxti uning yagona oʻgʻli Xokonga oʻtadi.

Norvegiya qiroli Harald V kam uchraydigan qon kasalligi tufayli 89 yoshida vafot etdi.
Harald V 35 yil davomida taxtni boshqardi. U XIV asrdan beri Norvegiya hududida tugʻilgan birinchi qirol boʻldi.
U 1937 yil 21 fevralda tugʻilgan. 1957 yilda valiahd shahzodaga aylandi, 1991 yil yanvar oyida esa otasi Olav V vafotidan soʻng taxtga oʻtirdi.
Qirol sportdagi yutuqlari bilan ham tanilgan edi. U yelkanli sport boʻyicha Olimpiya oʻyinlarida uch marta Norvegiya sharafini himoya qilgan.
Soʻnggi yillarda qirolning salomatligi yomonlashib, 2024 yil aprel oyidan boshlab ommaviy tadbirlardagi ishtirokini sezilarli darajada kamaytirgan edi.
2026 yil 17 avgustda Harald shifoxonaga yotqizildi, shundan soʻng uning oʻgʻli Xokon vaqtinchalik regent vazifasini bajardi.
Harald V vafotidan keyin Norvegiya taxti uning yagona oʻgʻli Xokonga oʻtadi. Marhum qirolning ortidan rafiqasi qirolicha Sonya, qizi Marta Luiza, oʻgʻli Xokon va olti nafar nabirasi qoldi.
