platina.uz
Jamiyat

Sentabr oyi uchun ehtimoliy ob-havo maʼlumoti taqdim etildi

Kechasi va erta tongda harorat 15-20 daraja boʻlib, yoqimli salqinlik seziladi. Kunduz kunlari esa quyosh nurlari taʼsirida havo 30-35 darajagacha, ayrim kunlarda 37 darajagacha isishi mumkin. 

Sentabr oyi uchun ehtimoliy ob-havo maʼlumoti taqdim etildi

Kelayotgan sentabr oyida qanday ob-havo kutilishi mumkinligi aytildi.

Joriy yilning sentabr oyida ob-havoning nisbatan quruq va biroz iliq boʻlishi kutilmoqda. Oʻrtacha havo haroratining iqlimiy meʼyorga yaqin boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Oyning birinchi oʻn kunligida havo asosan kam bulutli boʻlib, qulay harorat fonida quruq ob-havo kuzatilishi kutilmoqda.

Kechasi va erta tongda harorat 15-20 daraja boʻlib, yoqimli salqinlik seziladi. Kunduz kunlari esa quyosh nurlari taʼsirida havo 30-35 darajagacha, ayrim kunlarda 37 darajagacha isishi mumkin.

Respublikaning janubiy hududlarida eng issiq kunlarda havo harorati 38-40 darajagacha koʻtarilishi ehtimoli mavjud.

Oyning ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida nisbatan barqaror harorat foni shakllanishi kutilmoqda. Bu davrda havo harorati kechalari asosan 10-15 daraja, kunduz kunlari esa 25-30 daraja boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Shu bilan birga, ayrim qisqa muddatlarda havo haroratining ham yuqorilash, ham pasayish tomonga oʻzgarib turishi ehtimoldan xoli emas.

Oyning ayrim kunlarida, yaʼni oy davomida 1-3 kun biroz jadallikdagi yomgʻirlar yogʻishi mumkin. Respublikaning janubiy hududlarida sentabr oyida yomgʻir yogʻish ehtimoli juda kam.

Respublika hududining katta qismida oylik yogʻingarchilik miqdorining meʼyordan kam boʻlishi, Fargʻona vodiysining ayrim joylarida meʼyor atrofida kuzatilishi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa yogʻingarchilik miqdorining meʼyordan koʻp yoki meʼyor atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Oyning ayrim kunlarida 1–3 kun biroz jadallikdagi yomgʻirlar yogʻishi mumkin. Respublikaning janubiy hududlarida esa sentabr oyida yogʻingarchilik ehtimoli juda kam boʻlishi prognoz qilinmoqda.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid