platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yoʻnalishlardagi munosabatlar rivoji muhokama qilindi. 

Saida Mirziyoyeva Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Pekinda Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi.

Mirziyoyeva Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy Qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, XKP MQ Tashqi ishlar boʻyicha komissiyasi devoni rahbari, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv samimiy va doʻstona ruhda oʻtganini taʼkidlagan.

​Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklik yangi bosqichga koʻtarilib, keng imkoniyatlar eshiklari ochilmoqda. Shu nuqtai nazardan savdo, iqtisodiyot, investitsiya va madaniy aloqalar kabi ustuvor yoʻnalishlardagi munosabatlar rivojini muhokama qilish alohida ahamiyat kasb etdi.

​Suhbat chogʻida global masalalar boʻyicha umumiy qarashlarni shakllantirishga alohida toʻxtalib oʻtilgan.

Saida Mirziyoyeva Van Iga iliq va mazmunli suhbat uchun minnatdorlik bildirdi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid