Prezident farmoni bilan 852 kishi afv etildi
Afv etilganlar orasida yetti nafar chet el fuqarosi va taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 63 nafar shaxs bor.

Prezident farmoni bilan Mustaqillikning 35 yilligi arafasida 852 nafar shaxs afv etildi. Bu haqda "Oʻzbekiston 24" telekanalida xabar berildi.
Ularning 604 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 115 nafari muddatidan ilgari shartli ozodlikka chiqariladi, 52 nafarining jazosi yengilrogʻiga almashtirilib, 81 nafar mahkumning jazo muddati qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida yetti nafar chet el fuqarosi va taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 63 nafar shaxs bor.
Shuningdek, afv etilganlarning 375 nafari yoshlar, 49 nafari ayollar va 37 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklardir.
