264 nafar shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi
Surxondaryo viloyatida 90 nafar, Toshkent viloyatida esa 48 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs pasportlar topshirildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida 264 nafar shaxsni Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi.
Toshkent viloyati hokimligida oʻtkazilgan tadbirda Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 48 nafar shaxsga pasportlar tantanali ravishda topshirildi.
Prezident farmoni asosida Navoiy viloyatida doimiy yashovchi fuqaroligi boʻlmagan ikki nafar shaxs Oʻzbekiston Respublikasining toʻlaqonli fuqarolariga aylandi.
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ularga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining pasportlarini tantanali ravishda topshirdi.
Fuqarolikka qabul qilinganlardan biri — Valiaxmetov Anas Ildusovich 1965 yilda Navoiy viloyatida tugʻilgan. U 2017 yilda Rossiya Federatsiyasidan Oʻzbekistonga koʻchib kelib, 9 yil davomida fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomida yashab kelgan.
Surxondaryo viloyatida doimiy istiqomat qiluvchi 90 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs ham Prezidentning 2026 yil 25 avgustdagi farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 1991–2007 yillar oraligʻida 482 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxs Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilingan. 2007–2016 yillar davomida esa fuqarolikka qabul qilish holatlari qayd etilmagan.
