platina.uz
Siyosat

Saida Mirziyoyeva Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy rahbarlari oʻrtasidagi izchil muloqot natijasida soʻnggi yillarda ikki davlat munosabatlari mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Saida Mirziyoyeva Xitoy parlamenti rahbari bilan uchrashdi

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Pekin shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi Doimiy qoʻmitasi aʼzosi, Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qoʻmitasi raisi Chjao Letszi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Xitoy rahbarlari oʻrtasidagi izchil muloqot natijasida soʻnggi yillarda ikki davlat munosabatlari mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Shuningdek, parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar transport, savdo, taʼlim va madaniyat sohalaridagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalariga eʼtibor qaratdi.

Saida Mirziyoyeva Xitoy tomonining Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini yuqori baholab, belgilangan qoʻshma rejalarni izchil amalga oshirish muhimligini taʼkidladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid