Mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning faoliyati haqiqiy qahramonlik sifatida eʼtirof etildi
Paxtachilik va gʻallachilikda maktab yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini bahor, yoz va kuz mavsumida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilgʻor texnologiya va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilayotgan qoraqalpogʻistonlik Esenbay Aytimuratov hamda samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi.

Surxondaryolik mehnat faxriysi Abdusattor Qurbonovning choʻllarni oʻzlashtirib, dehqonchilikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi haqiqiy qahramonlik sifatida eʼtirof etildi.
Bekobod metallurgiya kombinatida uzoq yillardan buyon poʻlat erituvchi vazifasida ishlayotgan Gʻulomjon Turonovning “Xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani butun metallurglar mehnatining eʼtirofidir.
Paxtachilik va gʻallachilikda yuksak natijaga erishib, oʻz maktabini yaratgan namanganlik Ilhom Ziyovuddinov, ipak qurtini bahor, yoz va kuz mavsumida parvarishlab, yuqori hosil olayotgan buxorolik pillakor Jamila Xudoyberdiyeva, chorvachilikda ilgʻor texnologiya va zamonaviy yondashuvlarni joriy qilayotgan qoraqalpogʻistonlik Esenbay Aytimuratov hamda suv yoʻqotishlarini kamaytirishga hissa qoʻshayotgan samarqandlik irrigator Aslanqul Karimqulovning xizmatlari ham munosib baholandi.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini bezatgan usta-naqqosh Sattorxoʻja Toʻxtaxoʻjayevga “Xizmat koʻrsatgan quruvchi” faxriy unvoni berildi.
