FT: AQSh hukumati dunyo boʻylab immigratsion viza arizalarini qabul qilishni toʻxtatdi
Oʻtgan hafta AQSh federal sudi 75 mamlakat fuqarolari uchun (ular orasida Oʻzbekiston ham bor) uzoq muddatli immigratsion vizalarga qoʻyilgan taqiqni bekor qilgandi.

AQSh prezidenti maʼmuriyati butun dunyo boʻylab immigratsion viza arizalarini qabul qilishni toʻxtatdi, deb xabar beradi Financial Times (FT) nashri.
AQSh Davlat departamenti gazetaga bergan maʼlumotiga koʻra, konsullik xodimlari uchun AQSh hukumati yordamiga muhtoj boʻlgan shaxslarni tekshirish boʻyicha "chuqur trening" oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Suhbat rejalashtirgan arizachilarga uchrashuvlarni qayta reja qilish toʻgʻrisida xatlar yuborildi. Ularga keyinroq yangi sana va vaqt vaʼda qilindi.
Taʼkidlash kerak, oʻtgan hafta AQSh federal sudi 75 mamlakat fuqarolari uchun uzoq muddatli immigratsion vizalarga qoʻyilgan taqiqni bekor qilgandi.
Sud taqiq Kongress tomonidan konsullik xizmatlariga vizalar boʻyicha berilgan "vakolat va ixtiyor"ni buzgan deb topdi.
Immigratsion vizalarga taqiq yanvar oyida 75 mamlakat fuqarolariga nisbatan joriy qilingan edi. Bu Oʻzbekiston, shuningdek, Braziliya, Somali, Eron, Iroq, Misr, Nigeriya, Tailand, Yaman va boshqa mamlakatlardan kelgan arizalarga taʼsir koʻrsatdi. Rasmiylarning fikriga koʻra, ushbu mamlakatlardan kelgan ariza beruvchilar imtiyozlarga ega boʻlishlari ehtimoli katta.
