platina.uz
Siyosat

Prezident AQSh kongressmenlarini qabul qildi

Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Prezident AQSh kongressmenlarini qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining kongressmenlar Jeyson Smit, Greg Merfi, Ronni Jekson va Edvard Keysdan iborat delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv avvalida amerikalik qonun chiqaruvchilar Oʻzbekiston Prezidenti va xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy qutladilar.

Oʻzbekiston va AQSh oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Ikki tomonlama munosabatlarda ijobiy surʼat kuzatilayotgani, siyosiy muloqot yuqori darajada ekani, aloqalar va oʻzaro tashriflar faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Ikki mamlakat yetakchilari yaqinda boʻlib oʻtgan telefon orqali muloqot chogʻida strategik sheriklikni yanada kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab oldilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Joriy yil boshidan oʻzaro savdo hajmi 20 foizga oshdi. Energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xoʻjaligi, raqamli texnologiyalar va sanoat sohalarida yirik loyihalarni boshlash va amalga oshirishni nazarda tutuvchi uch yillik Iqtisodiy hamkorlik dasturi izchil amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni qoʻllab-quvvatlashda, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi konstruktiv va oʻzaro manfaatli muloqotni ilgari surishda AQSh Kongressining muhim oʻrni qayd etildi.

Hududlararo hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi. AQSh delegatsiyasi aʼzolari vakillik qilayotgan Missuri, Shimoliy Karolina, Texas va Gavayi shtatlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni yanada rivojlantirish va qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik bildirildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida ishbilarmonlik missiyalarining oʻzaro tashriflarini tashkil etishga kelishib olindi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid