platina.uz
Siyosat

“Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida nutq soʻzladi.

“Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentda Islom sivilizatsiyasi markazida boʻlib oʻtayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida nutq soʻzladi.

“Bugun axborot chegara bilmaydi. Bir voqea haqidagi xabar sanoqli soniyalarda millionlab odamlarga yetib boradi. Biroq axborot bilan birga yolgʻon, manipulyatsiya, feyk xabarlar va axborot xurujlari ham tez tarqalmoqda. Shuning uchun bugun jurnalistika oldidagi eng muhim vazifalardan biri — ishonchli axborotni taʼminlashdir”, — dedi u.

Sherzod Asadov sunʼiy intellektning jurnalistikaga jadal kirib kelayotganiga ham toʻxtaldi. Uning taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt jurnalistning oʻrnini bosmaydi, aksincha, uning imkoniyatlarini kengaytiradi.

“Texnologiyalar qanchalik rivojlanmasin, jurnalistikaning asosiy mezonlari — haqiqat, xolislik, vijdon va inson manfaatiga xizmat qilish tamoyillari oʻzgarmasligi kerak”, — dedi Prezident matbuot kotibi.

U, shuningdek, zamonaviy jurnalistikaning bugungi global muammolardan biri sifatida haqiqiy soʻz erkinligi inqirozi masalasini koʻtardi. Ayrim hollarda soʻz erkinligining siyosiy bosim vositasiga aylanishi jurnalistikaning xolisligi va ishonchliligiga putur yetkazayotganini qayd etdi.

Sherzod Asadovga koʻra, milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas. Aksincha, bu — faktlarga tayanish, voqealarni xolis tahlil qilish va jamiyat bilan ochiq muloqot oʻrnatishdir.

Prezident matbuot kotibi jurnalistning vazifasi faqat axborot yetkazish bilan cheklanmasligini ham taʼkidladi. Jurnalist odamlarning dardu tashvishini eshitadi, muammolarini koʻtaradi va jamoatchilik ovozining davlat idoralariga yetib borishini taʼminlaydi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid