Armaniston sobiq prezidenti va uning oʻgʻli qoʻlga olindi
Robert Kocharyan 1998 yildan 2008 yilgacha Armaniston prezidenti boʻlib ishlagan. Iyun oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida uning "Armaniston" bloki 9,92% ovoz oldi.

Armaniston Korrupsiyaga qarshi kurash qoʻmitasi Sputnik Armaniston agentligiga bergan maʼlumotiga koʻra, mamlakat sobiq prezidenti Robert Kocharyanning toʻngʻich oʻgʻli Sedrak otasi bilan birga hibsga olingan.
25 avgust kuni Armaniston Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari muxolifatdagi "Armaniston" fraksiyasi aʼzosi va Robert Kocharyanning kenja oʻgʻli Levon Kocharyanning uyida tintuv oʻtkazdilar.
Korrupsiyaga qarshi kurash qoʻmitasi bir necha oʻnlab manzillarda tintuvlar olib borilayotganini maʼlum qildi. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, soliq idoralari Kocharyanlar oilasiga tegishli Toyota dilerlik markazini muhrlab qoʻygan.
Oilaviy mulk boʻlgan Orange Fitness sport majmuasida ham tergov harakatlari olib borilmoqda.
Robert Kocharyan 1998 yildan 2008 yilgacha Armaniston prezidenti boʻlib ishlagan. Iyun oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida uning "Armaniston" bloki 9,92% ovoz oldi.
Oʻsha oyda Armaniston Markaziy saylov komissiyasi janob Kocharyanga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatishga ruxsat berdi va uni deputatlik daxlsizligidan mahrum qildi.
