AQSh Suriyani terrorizmga homiy davlatlar roʻyxatidan chiqardi
Suriya 1979 yil dekabridan beri ushbu roʻyxatda edi. 2025 yil iyun oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu mamlakatga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qiluvchi farmonni imzolagandi.

AQSh Davlat departamenti Suriyaning terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi davlat sifatidagi maqomini bekor qildi. AQSh Moliya vazirligi oʻz navbatida "Hayat Tahrir ash-Sham"ga qarshi sanksiyalarni bekor qildi, deya xabar beradi departament rasmiy bayonotida.
Suriya 1979 yil dekabridan beri ushbu roʻyxatda edi. 2025 yil iyun oyi oxirida AQSh prezidenti Donald Tramp 2004 yilda mamlakatga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qiluvchi farmonni imzoladi.
Shuningdek, u Davlat kotibi Marko Rubioga Suriyaning terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi davlat sifatidagi nomini qayta koʻrib chiqishni buyurdi.
2026 yil iyul oyi boshida Tramp Kongressga oʻz maʼmuriyati Suriyaning maqomini oʻzgartirish niyatida ekanligi haqida xabar berdi. Bayonotda aytilishicha, bu qaror mamlakatni xalqaro savdo va investitsiyalar uchun ochib beradi va unga tiklanish imkoniyatini beradi.
50 yildan ortiq vaqt davomida Suriya Asad oilasi rejimi tomonidan boshqarilgan. 2024 yil dekabr oyida prezident Bashar Asad agʻdarilib, Rossiyaga qochib ketdi. "Hayat Tahrir ash-Sham" guruhining sobiq isyonchilari Suriyani demokratik davlatga aylantirishga vaʼda berib, hokimiyat tepasiga kelishdi.
2025 yil may oyida Yevropa Ittifoqi Suriyaga qarshi barcha iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilganini eʼlon qildi. Qoʻshma Shtatlar ham baʼzi cheklovlarni bekor qildi.
