Toshkent davlat pedagogika universitetining qator binolari sotuvga qoʻyildi
Kambagʻallikdan chiqarish va bandlik vazirligining Toshkent shahar Nukus koʻchasidagi binosi ham sotuvga chiqarildi. Obʼektning boshlangʻich narxi 180 mlrd soʻm baholangan. Obʼektda ofis va xizmat koʻrsatish sohasi yoʻlga qoʻyilishi lozim.

Toshkent shahri Muqimiy koʻchasidagi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti yotoqxonalari joylashgan 1 gektar yer binolari bilan sotuvga chiqarildi. Bu haqda E-auksion.uz eeʼlonida aytiladi.
Obʼektning boshlangʻich narxi 272,3 mlrd soʻm. Bu yer uchastkasi nodavlat taʼlim muassasasi tashkil qilish va faoliyat turini saqlash sharti bilan sotiladi.
Shuningdek:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Chilonzor-19 mavzeda joylashgan Tabiiy fanlar fakulteti binosi (maydoni 2,25 gektar) sotuvga chiqarildi. Obʼektning boshlangʻich narxi 325,9 mlrd soʻm. Bu yer uchastkasi nodavlat taʼlim muassasasi tashkil qilish va faoliyat turini saqlash sharti bilan sotiladi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Yashnobod tumani Fargʻona yoʻli koʻchasida joylashgan Harbiy taʼlim fakulteti binosi (maydoni 2,52 gektar) sotuvga chiqarildi. Obʼektning boshlangʻich narxi 268,7 mlrd soʻm. Bu yer uchastkasi nodavlat taʼlim muassasasi tashkil qilish va faoliyat turini saqlash sharti bilan sotiladi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan Filologiya fakulteti binosi (maydoni 52 sotix) sotuvga chiqarildi. Obʼektning boshlangʻich narxi 141,1 mlrd soʻm. Bu yer uchastkasi nodavlat taʼlim muassasasi tashkil qilish va faoliyat turini saqlash sharti bilan sotiladi.
Kambagʻallikdan chiqarish va bandlik vazirligining Toshkent shahar Nukus koʻchasidagi binosi (maydoni 58 sotix) sotuvga chiqarildi. Obʼektning boshlangʻich narxi 180 mlrd soʻm. Obʼektda ofis va xizmat koʻrsatish sohasi yoʻlga qoʻyilishi kerak.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining Olmazor tumani Farobiy koʻchasidagi binosi (maydoni 1,9 gektar) sotuvga chiqarildi. Obʼektning boshlangʻich narxi 280 mlrd soʻm. Obʼektda ofis va xizmat koʻrsatish sohasi yoʻlga qoʻyilishi kerak.
