platina.uz
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti bilan telefon muloqoti oʻtkazdi

Davlat rahbari Qozogʻiston yetakchisini mamlakat tarixida ilk marotaba bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan tabrikladi. 

Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston prezidenti bilan telefon muloqoti oʻtkazdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Joʻmart Toʻqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qozogʻiston Prezidentini mamlakat tarixida ilk marotaba bir palatali Qurultoyga saylov muvaffaqiyatli oʻtkazilgani bilan samimiy tabrikladi.

Yangi Qurultoy Qozogʻistonda izchil islohotlarni yanada ilgari surishda muhim omil boʻlishi, keng koʻlamli oʻzgarishlarni qonunchilik jihatidan samarali taʼminlashi va mamlakatning barqaror rivojlanishiga yangi surʼat bagʻishlashiga ishonch bildirildi.

Suhbat davomida davlat rahbarlari Oʻzbekiston – Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Oʻzaro savdo hajmini yanada oshirish, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, transport-logistika aloqalarini rivojlantirish hamda ikki mamlakat hududlari oʻrtasida ishbilarmonlik aloqalarini faollashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashdilar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid