platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida qator qoʻshma loyihalarga start berildi

Ular orasida bank sohasidagi hamkorlik, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, taʼlim muassasalarini tashkil etish, avtomobillarga yoqilgʻi quyish infratuzilmasini barpo etish va boshqalar bor. 

Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasida qator qoʻshma loyihalarga start berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev qoʻshma loyihalarga start berish marosimida ishtirok etdilar.

Soʻnggi yillarda ikki mamlakat oʻrtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik yangi bosqichga koʻtarildi.

Marosim doirasida bank sohasidagi hamkorlik, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish, taʼlim muassasalarini tashkil etish, avtomobillarga yoqilgʻi quyish infratuzilmasini barpo etish, yirik turistik va turar joy majmualarini qurish, mineral xomashyoni qayta ishlash va bogʻdorchilikni rivojlantirishni nazarda tutuvchi qoʻshma loyihalarga start berildi.

Tadbir ishtirokchilari hududlardagi loyiha maydonlaridan onlayn aloqaga chiqib, amalga oshirilayotgan ishlar haqida axborot berdilar.

Yangi qoʻshma loyihalar ikki mamlakat ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi kooperatsiyani yanada kengaytirish, oʻzaro investitsiyalar hajmini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish va iqtisodiy hamkorlikni aniq amaliy mazmun bilan boyitishga xizmat qilishi qayd etildi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid