platina.uz
Siyosat

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzoladi

Urganch va Xonkendi, Buxoro va Lochin, Urganch va Naxchivon shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatiladi. 

Oʻzbekiston va Ozarbayjon Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma imzoladi

Oliy darajadagi muzokaralar yakunida ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev Abadiy doʻstlik toʻgʻrisidagi shartnoma hamda Oliy davlatlararo kengash uchinchi yigʻilishining qarorini imzoladilar.

Davlat rahbarlari huzurida quyidagi hujjatlar imzolandi:

– Pensiya taʼminoti sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Madaniyat sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– Turizm sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida bitim;

– 2030 yilga qadar tovar ayirboshlash hajmini 1 milliard dollarga yetkazish boʻyicha dastur;

– Investitsiyalar va savdo sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha amaliy harakatlar rejasi;

– Tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2027-2028 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Adliya vazirliklari oʻrtasida 2027-2028 yillarga moʻljallangan hamkorlik dasturi;

– Kinologiya sohasida tajriba almashish va hamkorlik toʻgʻrisida memorandum;

– Urganch va Xonkendi, Buxoro va Lochin, Urganch va Naxchivon shaharlari oʻrtasida birodarlik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi bayonnomalar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid