Ozarbayjon prezidenti Toshkentda tantanali kutib olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi. Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.

Koʻksaroy qarorgohida mamlakatimizga davlat tashrifi bilan kelgan Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni tantanali kutib olish marosimi boʻldi.

Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni samimiy kutib olib, shohsupaga taklif qildi. Oʻzbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.

Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.
Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.
