platina.uz
Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi etib tayinlandi

Avvalgi rahbar Timur Ismoilov ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari boʻlgandi. 

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshligʻi etib tayinlandi

Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.

U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bagʻishlangan navbatdan tashqari sessiyasida maʼlum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi.

Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla "qizil" toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshligʻiga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni taʼminlash, aholi bilan yaqin muloqotni yoʻlga qoʻyish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.

Surxondaryo IIBning avvalgi boshligʻi Timur Ismoilov ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid