Turkiya Interpoldan Netanyahuni xalqaro qidiruvga berishni soʻradi
Ayblovlar "insoniyatga qarshi jinoyatlar", "genotsid", "ogʻirlashtirilgan qamoq jazosi", "qasddan tan jarohati yetkazish", "qiynoqqa solish", "mulkka zarar yetkazish", "ogʻirlashtirilgan talonchilik" va "transport vositasini oʻgʻirlash"ni oʻz ichiga oladi.

Turkiya Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuni Interpolning "qizil bildirishnomasi" orqali xalqaro qidiruvga berishni soʻradi.
Bu haqda Turkiya adliya vaziri Akin Gurlek Turkiyaning NSosyal ijtimoiy tarmoq platformasida eʼlon qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, soʻrov Gʻazo sektoriga gumanitar yordam yetkazib berayotgan Xalqaro Sumud flotiliyasi faollariga qilingan hujum boʻyicha davom etayotgan jinoiy tergov doirasida berilgan.
Gurlekning xabar berishicha, Netanyaxu va Afek Moskovichni oʻz ichiga olgan 35 nafar sudlanuvchining xalqaro suvlardagi voqea bilan bogʻliq sud jarayoni Istanbuldagi 11-ogʻir jinoyat ishlari boʻyicha sudda davom etmoqda.
Uning soʻzlariga koʻra, Netanyaxu va Moskovichni " genotsid" ayblovi bilan 2026 yil 14 iyulda chiqarilgan hibsga olish orderlari Adliya vazirligining Ichki ishlar vazirligiga ikkala sudlanuvchiga qarshi Interpolning "qizil bildirishnomalari"ni berishni boshlash haqidagi iltimosiga asos boʻlib xizmat qilgan.
Gүrlekning taʼkidlashicha, tegishli hujjatlar Tashqi ishlar vazirligiga ham taqdim etilgan.
Uning soʻzlariga koʻra, Netanyaxu va Moskovich "Gʻazoga gumanitar yordam yetkazayotgan tinch aholiga qarshi xalqaro suvlarda qurolli aralashuv va faollarni hibsga olish"da ayblanmoqda.
Vazirning soʻzlariga koʻra, ayblovlar "insoniyatga qarshi jinoyatlar", "genotsid", "ogʻirlashtirilgan qamoq jazosi", "qasddan tan jarohati yetkazish", "qiynoqqa solish", "mulkka zarar yetkazish", "ogʻirlashtirilgan talonchilik" va "transport vositasini oʻgʻirlash"ni oʻz ichiga oladi.
"Biz Gʻazoda genotsid siyosatini olib borayotgan Netanyaxu maʼmuriyati immunitetga ega va javobgarlikdan xoli degan pozitsiyaga mutlaqo qoʻshilmaymiz. Biz Gʻazoda sodir etilgan jinoyatlarning yashirilishiga yoki aybdorlarning jazosiz qolishiga yoʻl qoʻymaymiz", dedi Gurlek.
Vazirning qoʻshimcha qilishicha, Turkiya aybdorlarni javobgarlikka tortish uchun milliy va xalqaro qonunchilik doirasida mavjud boʻlgan barcha vositalardan toʻliq foydalanish niyatida.
